So'nggi yangiliklar 09.08.2019 30

BIR KUNLIK YARMARKADA 350 O‘QITUVCHI ISHLI BO‘LDI...MI?

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 7- avgust kuni viloyatning barcha tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limlari binosida 2019-2020-o‘quv yili uchun pedagogik kadrlarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ishga joylashtirish maqsadida mehnat yarmarkalari tashkil etildi.

- Yarmarkada umumiy hisobda 350 nafar fuqaro o‘ziga munosib ish topdi, - deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimi Sevin Ochilov. – Ularning 179 nafari bu yil oliygohni bitirgan yosh mutaxassislar bo‘lsa, 171 nafari avval kasb-hunar kollejlarida faoliyat olib borgan. Ta’kidlash joizki, ayrim joylarda ish o‘rinlari kam bo‘lsa, ayrim hududlarda kadrlarga bo‘lgan talab yuqori. Shunga ko‘ra, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ish izlovchi uchun ham, ish beruvchi uchun ham ayni muddao bo‘ldi. Chekka va tog‘li xududlariga ishga borgan o‘qituvchilarga ishlashi va yashashi uchun shart-sharoitlar yaratib berish mahalla fuqarolar yig‘inlari zimmasiga yuklatildi.

Yana 500 ta bo‘sh ish o‘rinlari uchun mehnat yarmarkalari tuman va shaharlarda reja asosida davom etadi.

J.BOYMURODOV

Suratda: yarmarkadan lavha