Jamiyat 07.06.2019 51

BIR QARASHDA GULGA O‘XSHAYDI, BIROQ...

Qilmish-qidirmish

Inson ehtiyojga ko‘ra tomorqasiga madaniy ekinlar urug‘ini qadaydi, estetik zavq olish istagida gul, turli manzarali o‘simliklarni parvarish qiladi.

Bundan ham moddiy, ham ma’naviy foyda ko‘radi. Qolaversa, bugun bir parcha yerdan unumli foydalanib, biri ikki bo‘lgan yurtdoshlarimiz ham juda ko‘pki, ularning g‘ayratiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.

1991-yilda tug‘ilgan, Koson tumanidagi Mudin qishlog‘ida 2 nafar farzandi bilan yashovchi ayol R.M. yashash hovlisida 240 tup ko‘knor o‘simligini parvarishlab kelayotganini qanday tushunsa bo‘ladi?

Ma’lum bo‘lishicha, ayol tarkibida giyohvandlik moddalari mavjud ko‘knor urug‘ini mo‘may daromadli bo‘lish istagida yerga qadagan.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, ayni paytda R.M.ga nisbatan Koson tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

N.XO‘JAYEV