Ta'lim 17.09.2019 39

BOLALAR BILAN GO‘ZAL MASKAN

Maktabgacha ta’lim

Kasbi tumanidagi Yuksalish mahallasida 800 ga yaqin aholi xonadoni mavjud. Ularda 4 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Aksariyat xonadonlar sohiblari yosh oilalar hisoblanadi. Shu bois, hududda bog‘cha, maktab yoshidagi bolalar soni ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

Ayni paytda ulardan 100 nafari mahalla hududidagi 6-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga qamrab olingan.

- Muassasaga 6 nafar malakali tarbiyachi jalb etilgan, - deydi bog‘cha mudirasi Aziza Pirimqulova. - Bolajonlarga ingliz va rus tillaridan boshlang‘ich saboq berish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, musiqa va badiiy gimnastika to‘garaklari ishlab turibdi.                                          

Sobir NARZIYEV

Muallif olgan surat.