So'nggi yangiliklar 02.05.2019 28

BONU EGAMBERDIYEVA – OSIYO CHEMPIONI

Malayziyaning Kota-Kinabalu shahrida karate bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur qit’a birinchiligida terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Musobaqada yosh karatechilarimiz 1 tadan oltin va kumush, shuningdek, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

E’tiborli tomoni, terma jamoamizga yagona oltin medalni viloyatimiz vakili, Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati o‘quvchisi Bonu Egamberdiyeva keltirgan.

Shuningdek, mamlakatimiz vakillaridan Bekzod Tuyg‘unov kumush, Asilbek Madaminov hamda Firdavs Ahmadjonovlar esa bronza medallariga sazovor bo‘lishgan.

Jahongir BOYMURODOV