So'nggi yangiliklar 26.04.2019 32

BUXORO VA XIVAGA UCH KUNLIK SAYOHAT

Ichki turizm

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 7-fevraldagi "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mamlakatimiz fuqarolarining yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishlari va  tarixiy shaharlar, betakror tabiat go‘zalliklaridan bahra olishlari uchun kengroq imkoniyatlar yaratdi.

Qarorga asosan tashkilot va muassasalar xodimlarining birgalikdagi hamda oilaviy va jamoaviy sayohatlar uchun qator imtiyozlar joriy etilgani bu borada muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Yaqinda O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Qarshi tumani kengashi hamda Qarshi tumani servis va tadbirkorlik kolleji jamoalari  hamkorlikda Buxoro va Xiva shaharlariga uch kunlik sayohat tashkil qildi. Sayohat davomida partiya faollari va o‘quvchi yoshlar mazkur shaharlarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, xalqimizning o‘chmas tarixi, ulug‘ ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyati, badiiy san’ati, ilmu tafakkurini o‘zida aks ettirgan tarixiy obidalar, qadamjolar bilan yaqindan tanishib, ko‘plab yangi taassurotlar oldi.

Bir so‘z bilan aytganda, sayohat ishtirokchilarning tariximizga bo‘lgan hurmatini oshirib, ularning qalbida boy o‘tmish va ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanish hissini uyg‘otdi.

Shahnoza QAHHORZODA