Tibbiyot 08.02.2019 90

CHIKAGOLIK OLIMLARDAN - QASHQADARYOLIK ONKOLOGLARGA SOVG‘A

Tadbir

CHIKAGOLIK OLIMLARDAN - QASHQADARYOLIK ONKOLOGLARGA SOVG‘A

AQShning Chikago shahridagi universiteti bir guruh professor-o‘qituvchilari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida mehmon bo‘lishdi. Shu munosabat bilan mazkur tibbiyot muassasasida tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida viloyat hokimining o‘rinbosari Oybek Shagazatov amerikalik mutaxassislarni ushbu filial faoliyati, unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng mehmonlar muassasa shifokorlari bilan uchrashib, suhbat o‘tkazishdi, o‘zlarining onkologiya sohasidagi ilmiy izlanishlari va yutuqlari bilan o‘rtoqlashishdi. Uchrashuv so‘ngida xorijlik professor-o‘qituvchilar filial jamoasiga sohaga oid muhim kitoblarni     sovg‘a qilishdi.

- Uchrashuv asnosida ma’lum bo‘ldiki, bu kitoblarda sohamizga doir ko‘plab qimmatli ma’lumotlar jamlangan, - deydi filial bosh shifokori Adham Parmonov. - Misol uchun, amerikalik mutaxassislar saratonni erta bosqichda aniqlash yo‘llari va bu borada o‘z tajribalarini o‘rtoqlashishgan. Albatta, bu adabiyotlar kelgusida sohaga doir bilimlarimizni oshirishga xizmat qiladi.

M.SHUHRATOV

Sobir NARZIYEV olgan surat.