Jamiyat 06.09.2019 6

DAVLAT MUKOFOTLARI TOPSHIRILDI

Viloyat hokimligida

Mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z sohalarida yuqori natijalarga erishgan bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.

Viloyat hokimligida ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar, jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev kirish so‘zi bilan ochdi va mukofotlarni qabul qilib olish uchun hozir bo‘lgan vohadoshlarimizni xalqimiz va davlatimiz rahbariyatining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etdi.

Ushbu e’tirof yurtimizda inson sha’ni, qadr-qimmati yuksak qadrlanishi, mustaqilligimizni mustahkamlash, Vatan taraqqiyoti, sog‘lom avlod tarbiyasi, yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimizning mehnati hech qachon e’tibordan chetda qolmasligining o‘ziga xos namunasi ekanligi ta’kidlandi.

- Prezidentimiz farmoni bilan "Do‘stlik" ordeniga loyiq ko‘rilganim menga ulkan faxr bag‘ishlaydi, - deydi Dehqonobod tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Qahhor baxshi Rahimov. - Bunga qo‘shimcha endi Dehqonoboddagi 5-bolalar musiqa va san’at maktabi otam, Qodir baxshi Rahimov nomi bilan atalishi ko‘ksimni tog‘day ko‘tardi. Bu yutuqlar eng ulug‘ bayramimiz munosabati bilan bo‘lganida ham ramziy ma’no borday. Chunki istiqlolgina bizga orzu-umidlarimizni baralla kuyga solish imkonini berdi.

Mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

N.XO‘JAYEV

Suratda: mukofotlanganlardan bir guruhi.

Murodulla KOMILOV olgan surat.