Jarayon 10.09.2019 26

DAVLAT XIZMATLARI MARKAZINING YANGI BINOSI OCHILDI

Bunyodkorlik

Koson tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-dekabrdagi "Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari, shahar va tumanlar markazlari tashkil etilgan edi. Hozirda ushbu markazlar orqali aholi va tadbirkorlarga 120 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilayotir.

Koson tumanida yangidan bunyod etilgan Davlat xizmatlari markazi binosi tashkilot faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib loyihalashtirilgani bilan ahamiyatli. Unda kutish zali, bolalar maydonchasi, kutubxona, bank shoxobchasi, shuningdek, soliq, adliya, FHDYO bo‘limlari maslahatchilari, notarius xizmatlari uchun maxsus xonalar mavjud. Bu fuqarolar davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha murojaatlariga shu yerning o‘zida javob olishi uchun ayni muddao.

Markaz yangi binosining ochilish marosimida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev  ishtirok etdi.

J.BOYMURODOV

Sobir NARZIYEV olgan surat.