So'nggi yangiliklar 09.10.2019 15

DEHQONOBODDA RUS TILIGA IXTISOSLASHGAN ILK BOG‘CHA ISH BOSHLADI

Mamlakatimizda ta’lim tizimida xususiy sektorining ishtirokini oshirishga qaratilayotgan e’tibordan ruhlangan dehqonobodlik tadbirkor Abduhalim Egamberdiyev tuman markazida davlat-xususiy sheriklik asosida yangi bog‘cha tashkil etdi.

125 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur muassasa rus tiliga ixtisoslashgan bo‘lib, u tumandagi birinchi bunday bog‘cha hisoblanadi.

- Muassasaga 10  nafar malakali tarbiyachi jalb etilgan, - deydi bog‘cha mudirasi Malohat Egamberdiyeva. - Bolajonlarga ingliz va rus tillaridan boshlang‘ich saboq berish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, musiqa va badiiy gimnastika to‘garaklari ishlab turibdi.

Bog‘cha faoliyatini to‘liq yo‘lga solgan tadbirkor endi nodavlat boshlang‘ich maktab ham tashkil etish harakatida.

 Sobir NARZIYEV

Muallif olgan surat