So'nggi yangiliklar 04.10.2019 18

FAXRIYLAR TAJRIBASI YOSHLAR TARBIYASIDA ASQATMOQDA

Tadbir

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug shtabida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda 12 nafar nafaqadagi harbiy xizmatchi "Mudofaa vazirligi faxriysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbirga uzoq yillar davomida harbiy sohada ishlab, vatanimiz tinchligi yo‘lida xizmat qilgan, bugun ham o‘zining boy kasbiy va hayotiy tajribasini yosh avlodga ulashish yo‘lida faollik ko‘rsatayotgan faxriy harbiy xizmatchilar taklif qilindi.

Marosimda ta’kidlanganidek, bugun yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongida vatanga sadoqat tuyg‘usini kamol toptirish, dastlabki harbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada harbiy xizmat faxriylarining boy tajribasidan foydalanish ayni muddao. Zero, hozir ularning ko‘plari joylarda mahorat maktablarini tashkil etib, yoshlar orasida harbiy-vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shib kelishmoqda.Tadbir davomida bu borada faollik ko‘rsatayotgan faxriylarga tantanali ravishda ko‘krak nishonlari topshirildi.

Yana bir qator nafaqadagi harbiy xizmatchilarga faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tadbir bayramona dasturxon atrofida yangragan kuy-qo‘shiqlar bilan yanada shukuhli kechdi.

J.BOYMURODOV