So'nggi yangiliklar 24.05.2019 89

FUTBOL HAKAMI BO‘LISH UCHUN NIMALAR ZARUR?

Seminar

Viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasida hakamlarni tayyorlash muammolariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yoshlarning hamkamlikka qiziqishini oshirish, iqtidorli hakamlarni tayyorlab borish maqsadida tashkil etilgan ushbu seminarni tajribali mutaxassis Artyom Kalinin olib bordi.

Ma’lumki, bugun zamonaviy futbol o‘yini juda jadallashib  bormoqda. Bunday o‘yinlarni boshqarish esa hakamdan katta mahorat talab etadi. Xususan, bugungi kun hakami nafaqat futbol qoidalarini yaxshi tushunishi, shu bilan bir qatorda tezkor fikrlashi, turli zamonaviy texnologiyalardan foydalana olishi, xalqaro o‘yinlarda ishlash uchun xorijiy tillarni bilishi va yana juda ko‘p sifatlarga ega bo‘lishi lozim.  

Artyom Kalinin tomonidan yosh futbolchilarga bu borada keng ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassisdan javob oldi.

J.BOYMURODOV