Jamiyat 09.08.2019 60

GIYOHVANDLIK SAVDOSIGA CHEK QO‘YILDI

Tezkor tadbir

 

Qarshi shahrida olib borilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi. Aniqlanishicha, Qarshi shahridagi kafe yonida fuqaro S.A. ikki dona gugurt qutiga joylangan 6,3 gramm marixuana giyohvandlik vositasini 300 ming so‘mga pullayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Uning ko‘rsatmasi asosida tadbir davom ettirilib, Koson tumanida istiqomat qiluvchi Y.Y.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uydagi divan va ko‘rpacha orasida qog‘ozga o‘ralgan marixuana giyohvandlik vositasi noqonuniy ravishda saqlab kelinayotgani ma’lum bo‘ldi.

 

Viloyat bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan aniqlangan mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

NASRIDDIN