So'nggi yangiliklar 11.01.2019 98

GULBAHOR BEGIMOVA

Ko‘rik-tanlov

GULBAHOR BEGIMOVA

“Yilning eng yaxshi “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori”

Kitob tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori Gulbahor Begimova poytaxtimizda o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan ko‘rik-tanlovda “Barkamol avlod” bolalar markazlarida faoliyat yuritayotgan direktorlar orasidan tashabbuskor, ijodkor, mas’uliyatli va faol rahbarlarni aniqlash, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish maqsad qilingan edi. Shuningdek, hududlardagi direktorlarning ijodiy faoliyatini ommalashtirish, kasb-mahoratini rivojlantirish, shu bilan birga har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish ko‘zlangan edi.

Tanlovning hududiy bosqichlarida jami 211 nafar direktor ishtirok etdi. G‘olib chiqqan 14 nafar rahbar tanlovning respublika bosqichida qatnashib, 5 ta shart bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi. Gulbahor Begimova ular orasida eng faoli sifatida e’tirof etildi. 

  Mazkur muvaffaqiyatni markazimiz faoliyatiga berilgan baho deb bilaman, – deydi u. – Yil davomida qilgan mehnatlarimiz munosib baholanganidan xursandmiz. Muassasamiz faoliyatini sohada kechayotgan ulug‘vor islohotlar talablariga mos tarzda yanada rivojlantirishga astoydil harakat qilamiz.

                                    S.ALLAYOROVA