Ma'naviyat 23.07.2019 62

HAJ AMALLARI QANDAY ADO ETILADI?

Qadriyat

Haj islomdagi besh rukndan biri bo‘lib, juda ham ulug‘ ibodatdir. O‘zida joiz shartlarni torgan har bir musulmon bu ibodatni ado etishi farzdir va katta baxtga, savobga ega bo‘ladi.

 "Haj" arabsha so‘z bo‘lib, lug‘atda "qasd qilmoq" ma’nosini anglatadi. Ulamolar ta’rifida esa, ma’lum vaqtda, ma’lum makonda, ma’lum ibodatlarni niyat bilan ado etishdir, deyiladi.

Ma’lum vaqt. Haj mustajob bo‘lmog‘i uchun albatta Zulhijja oyining to‘qqizinchi, ya’ni arafa kuniga to‘g‘ri kelishi  kerak. Arafadan boshqa hech qaysi kun uning o‘rnini bosolmaydi. Shuningdek, Muzdalifada turish, Minoda turish, shaytonga tosh otish, tavofi ifoza qilish, qurbonlik so‘yish kabi ibodatlar ham belgilangan vaqtlardagina bajariladi.

Ma’lum makon. Makkai mukarrama (Harami sharif), Mino, Arafot, Muzdalifa kabi joylarda maxsus ibodatlarni ado etish lozim, boshqa joylarda qilinmaydi. Bajarilgan taqdirda ham ibodat o‘rniga o‘tmaydi.

Ma’lum ibodatlar. Bunga Ka’bai myazzama tavofi, Safo va Marva tepaliklari orasidagi sa’yi, Arafotdagi vuquf, Muzdalifa hamda Minoda ma’lum kunlar turish, shaytonga tosh otish kabi ibodatlar kiradi.

Ba’zan Alloh o‘z baytini ziyorat qilishdek baxtni nasib etgan Haj qiluvshilar orasida yuqorida aytib o‘tilgan ma’lum vaqtni zoye qilayotgan, borgan muborak makon hurmatini joyiga qo‘ymayotgan va ulug‘ ibodat amallarini tark etib qo‘yayotganlar ham uchramoqda. Aslida Haj ibodatiga boruvchining axloqi, tayyorgarligi va intilishi qanday bo‘lishi kerak?

Haj inson umrida bir marta ado etadigan muborak safar va ibodat hisoblanadi. Myayyan mablag‘, vaqt, kuch-quvvat sarflansayu, noto‘g‘ri ibodat qilinsa, hamma harakat puchga chiqishi mumkin. Shuning ushun Haj ibodatini ado etmoqchi bo‘lgan kishi eng avvalo uning yo‘l-yo‘rig‘ini yaxshilab o‘rganib olishi lozim. 

Haj qiluvshi inson  olim bo‘lsa ham yonida Haj arkonlarini bayon qiluvchi bir kitobni olib borsin, deb tavsiya qilinadi. Agar Haj qiluvchi oddiy kishi bo‘lsa, o‘ziga bir olimni  yo‘lboshchi qilib olishi lozim. Hojilar uchun bunday kishi guruh rahbari - ellikboshidir.

Xo‘sh, hojilarimiz Haj ibodatiga borishda nimalarga e’tibor berishlari kerak?

Avvalo, kimki Hajga borishni iroda etsa, Alloh taologa astoydil tavba qilib, gunohlarini  tark etib, avval sodir bo‘lganlariga nadomat qilib, bundan so‘ng takrorlamaslikka azmu qaror qilishi lozim.

Qaytib kelguniga qadar nafaqasi lozim bo‘lgan har bir kishiga yetgudek nafaqa hozirlashi, o‘zida saqlayotgan omonatlarni egasiga qaytarishi, nafaqalari va tanish-bilishlaridan barcha qarzlarini to‘lab, uzib  qo‘yishi, oila a’zolari va yaqin kishilarini yaxshilikka, yaxshi, savob ishlarni ko‘proq qilishga undashi, ota-onalari tirik bo‘lsa, ularning duolarini olishi, Hajga borish va kelishga kifoya etadigan miqdorda halol moldan o‘zi bilan birga olishi, faqiru miskinlarga yumshoqlikda xasislik etmasligi lozim.

Eng muhim jihatlardan biri - qilayotgan Haj ibodatidan Alloh roziligini va oxirat obodligini ko‘zlash. Dunyo va uning ziynatlarini, nom chiqarish, faxrlanish kabi narsalarni aslo xayoliga keltirmaslik, aks holda, barcha sa’y-harakatlari behuda ketishi mumkinligini tushunib yetishi darkor.

Hoji zarur bo‘lgan narsalarini o‘zi bilan birga olishi kerak. Safarga shiqishdan oldin muhtojlarga xayru sadaqa qilishi yaxshi. Chiroyli so‘z va muomalada doimiy bo‘lishi musulmonning belgisidir.

Safarga shiquvshi solih, yaxshilikni do‘st tutuvchi va yordamga hozir yo‘ldoshni topishi lozim. Bundau rafiq agar unutsa, esga soladi, agar zikr etsa, yordam beradi. Yuragi siqilsa, sabr qiladi (tilaydi).

Musofir chiroyli so‘zlarni aytishi, odamlarga taom berishi, go‘zal axloqini namoyish etishi zarur, zero safar mashaqqati botiniy sifatlarni yuzaga shiqaradi. Kimki qiyin, og‘ir safarda husni xulqda bo‘lsa, o‘troq-shaharda juda ham chiroyli bo‘ladi.

Uyidan tashqariga chiqishidan oldin u kishi ikki rakaat namoz o‘qishi, ahli ayoli, molu dunyo va uyini Alloh ixtiyoriga qoldirib, duo qilishi lozim. Manzildan chiqishda duolar va ma’sur zikrlarni aytadi.

Safar davomida doimo Allohni zikr etish, duo qilish, istig‘for aytish; Qur’oni karimni tilovat qilish; tilini behuda so‘zlardan, yolg‘on, g‘iybat,  so‘kish kabi nojo‘ya so‘zlardan tiyish; qo‘lidan kelgancha odamlarga yaxshilik qilish kerak.

Hojilar Haj davomida xayolni olib qochuvshi tijoratdan xoli bo‘lishlari kerak. O‘zlarini kamtarin  tutib, zebu ziynatga e’tibor bermasliklari lozim.

Anas ibn Molikdan  rivoyat qilingan  hadisda  Rasululloh (s.a.v.): "Arafa kuni Alloh osmonga tushadi va ular ila farishtalarga maqtanib: "Bandalarimga qaranglar! Turli joulardan xoru zor bo‘lib huzurimga keldilar. Sizlar guvoh bo‘linglar, men ularning gunohlarini kechdim", deydi.

Alloh taolo ado etadigan Haj ibodatlarimizni dargohida husni maqbul qilsin. Dunuo va oxiratda munosib mukofotlasin.

Rahmatillo USMONOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi