So'nggi yangiliklar 13.05.2019 19

HAMSHIRALAR – SPORT MUSOBAQALARIDA

Sport oyligi

12-may – Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan Qarshi shahrida “Balli, hamshiralar!” sport, madaniy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda  tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan 120 nafardan ziyod o‘rta tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.  

- Tadbirdan maqsadhamshiralar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirishdan iborat, - deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh hamshirasi Yelena Parembo. – Musobaqaga esa faol hamda 5 yillik ish stajiga ega xodimlar tanlab olindi.

Ishtirokchilar turli sport mashg‘ulotlarini bajarish mahoratiga ko‘ra baholab borildi. Yakunda birinchi o‘rin viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi,  ikkinchi o‘rin viloyat asab-ruhiy kasalliklar dispanseri va 3-o‘rin viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jamoalariga nasib etdi.

Ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shu kuni nafaqadagi va uyda yotib qolgan hamshiralar holidan xabar olinib, ularga sovg‘a-salomlar ulashildi.

SH.BOZOROVA