So'nggi yangiliklar 30.08.2019 25

HARBIY QISMDAGI TADBIRDAN SO‘NG

Tadbir

HARBIY QISMDAGI TADBIRDAN SO‘NG

bir guruh voyaga yetmaganlar profilaktik hisobdan chiqarildi

Muborak tumanidagi harbiy qismlarning birida "Men Vatanimga xizmat qilaman!" shiori ostida harbiy sport-sog‘lomlashtirish kunlari tashkil etildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turgan bir guruh voyaga yetmagan yoshlar ishtirok etdi.

Maqsad ularni ijtimoiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish bo‘lgan tadbirning birinchi kuni yoshlar harbiy xizmatchilar bilan suhbatda Vatan posboni bo‘lish uchun qanday xislatlar zarurligi, bu kasbning sharafi, shu bilan bir qatorda mashaqqat va mas’uliyati haqida keng tushunchaga ega bo‘ldi. Vatan va vatanparvarlik tuyg‘ulari aks etgan taronalarni jamlagan konsert dasturi tadbirga yanada shukuh bag‘ishladi.

Tadbirning keyingi kunida ishtirokchilar harbiy shaharchada harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, harbiy qurol-yarog‘ va texnikalar ko‘rgazmasi yoshlarda yanada katta taassurot qoldirdi.

Harbiy sport-sog‘lomlashtirish kunlarida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida faol ishtirok etgan, namunali  xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan yoshlarga esa muddatidan oldin profilaktik hisobdan chiqarish uchun tavsiyanomalar berildi.

J.BOYMURODOV

Suratda tadbirdan lavha.