So'nggi yangiliklar 17.09.2019 42

HINDISTON HARBIY HAVO KUCHLARI DELEGATSIYASI QARSHIDA BO‘LDI

Xalqaro hamkorlik

Qarshi shahrida yaqinda ochilgan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida oktabr-noyabr oylaridan boshlab, qo‘shni davlatlarning harbiy bilim yurtlari kursantlari ham aviatsiya mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olishni boshlaydi.

Bu haqda Hindiston harbiy havo kuchlari delegatsiyasining mazkur ta’lim dargohiga tashrifi davomida ma’lum qilindi.

Mehmonlar kursantlarning uchuvchilik kasbi sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirishi uchun muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, mashg‘ulotlar uchun hozirlangan eng so‘nggi rusumdagi trenajyorlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar,  axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan tanishdi. Harbiy uchuvchilar tayyorlash bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalarida fikrlashildi.

Ta’kidlash o‘rinli, ayni paytda 15 nafar harbiy uchuvchimiz xalqaro hamkorlik doirasida  Rossiya va Hindistondagi oliy aviatsiya bilim yurtlarida malaka oshirmoqda.

J.BOYMURODOV