So'nggi yangiliklar 30.07.2019 39

IIB boshlig‘i ishdan olindi

Kasbi tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Ch.Kucharov o‘ziga nisbatan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborotiga tayanib vazirlik rasmiy sayti orqali ma’lumot tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumani IIB boshlig‘ining fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan tarqatilgan video va matnli materiallar bo‘yicha viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilayotgani haqida rasmiy ma’lumot berilgan edi.

O‘z muxbirimiz