So'nggi yangiliklar 28.06.2019 6

ILK BITIRUVCHILARGA DIPLOMLAR TOPSHIRILDI

30 iyun - Yoshlar kuni

30-iyun Yoshlar kuni arafasida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida 3-kurs bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan litsey direktori, podpolkovnik M.Do‘styorov, JG‘MHO faxriylar kengashi raisi podpolkovnik Sh.Madiyev, Yoshlar ittifoqining harbiy qismlarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim mudiri mayor I.Abduholiqov bitiruvchilarni Yoshlar kuni bilan tabriklab, yurtimizda yangi avlod vakillariga yaratilgan shart-sharoitlar xususida to‘xtalishdi. Shundan so‘ng, liyeyning 3-kurs bitiruvchilariga tantanali  ravishda diplomlar topshirildi.

- Ushbu marosim qalbimizda muhrlanib qoldi, - deydi akademik litsey bitiruvchisi Zebiniso Boltayeva. – Kelajakda yurtimga nafi tegadigan, xalqimizga sidqidildan xizmat qiladigan inson bo‘lishga va’da beraman.

Marosimning badiiy qismi Qarshi garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri jamoasining harbiy-vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlari, o‘quvchilar tomonidan aytilgan she’rlar hamda ijro etilgan raqslar, ko‘rgazmali chiqishlardan iborat bo‘lib, tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

N.NAZAROVA,

IIV Qashqadaryo akademik litsey yetakchisi