So'nggi yangiliklar 28.06.2019 35

JAHON CHEMPIONLARI VA YOSH SPORTCHILAR UCHRASHUVI

Davra suhbati

Qarshi davlat universitetida mamlakatimiz sha’nini yuksaklarga ko‘targan jahon chempionlari yosh sportchilar bilan uchrashishdi.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi - talaba yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun oliy ta’lim muassasalarida zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Olimpiya va Osiyo o‘yinlari,  jahon va qit’a  chempionatlari, g‘olib va sovrindorlari bo‘lmish ko‘plab taniqli sporchilar hamda 150 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

 Davra suhbatida milliy kurash bo‘yicha ikki karra jahon chempionlari Bahrom Avazov hamda Isoq Ahmedov, gimnastika bo‘yicha Osiyo chempioni Farangiz Ahmatova hamda suzish bo‘yicha III yoshlar paraosiyo o‘yinlari g‘olibi Akbar Yangiboyev ishtirok etib, talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

                                                                                       SOJIDA