So'nggi yangiliklar 02.05.2019 27

JALOLIDDIN OLIYGOHGA YO‘LLANMA OLDI

Andijon shahrida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Ikki kun davom etgan musobaqada mamlakatimizdagi maktab, litsey hamda kollejlar bitiruvchilaridan iborat 306 nafar (239 o‘g‘il, 67 qiz) sportchi 18 ta vazn toifasida peshqadamlik uchun bellashdi.

E’tiborli tomoni, musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘g‘il-qizlar jismoniy tarbiya yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinishi belgilangan edi. Yakunda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan 9 nafar o‘smir va shuncha dzyudochi qiz bu imkoniyatni qo‘lga kiritdi. Ular orasida viloyatimiz vakili Jaloliddin Qurbonmurodov ham bor.

Jaloliddin 81 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida birinchi o‘rin sohibiga aylangan.

Jahongir BOYMURODOV