Ma'naviyat 04.10.2019 22

KEKSA OTAXON HIMMATI

Ezgu tashabbus

Jumaqul hoji Qoryog‘diyev - Mirishkor tumanidagi Nayiston qishlog‘ining eng keksa kishisi. Turmush qiyinchiliklarida toblangan bu inson shu oyda 98 yoshga kiradi. Qarilikka yon bermayotgan hoji bobo hamon el orasida, goh fermer xo‘jaliklari dalasida bo‘lib, paxtakoru sohibkorlar bilan ko‘p yillik tajribalarini baham ko‘rsa, goh ilm maskanlariga borib, lozim ko‘rgan maslahatlarini beradi.

Yaqinda keksa otaxon jajji chevarasi hamrohligida 29-maktabda o‘tkazilayotgan kitob yarmarkasida ishtirok etib, pensiyasi hisobidan ko‘plab badiiy kitoblar sotib oldi va ularni maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi.

- Chinakamiga ilm durlarini teradigan zamon keldi, - dedi Jumaqul bobo maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvda. - Biz o‘quvchi bo‘lgan yillarni qo‘yaturaylik, yaqin o‘tmishda ham shahar va qishloq maktablari orasida katta farq bor edi. Zamonga shukrona aytib, asosiy vazifangiz - ilm olishdan bir zum bo‘lsa-da, chalg‘imasligingiz kerak.

Abdunabi ABDIYEV