So'nggi yangiliklar 26.04.2019 35

KITOBXON TALABA NOUTBUKLI BO‘LDI

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida "Kitobxon yoshlar" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Unda oliygohda ta’lim olayotgan talabalar o‘zlarining badiiy asarlar mutolaasi borasida erishgan natijalari, bilim va zukkoliklarini namoyish etishdi.

Savol-javoblar asosida tashkil etilgan tanlov natijalariga ko‘ra, institutning geologiya va konchilik fakulteti talabasi Farangiz O‘ktamova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek,  iqtisodiyot fakulteti talabasi Muhayyo Qobilova 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, xuddi shu fakultetning yana bir talabasi Sardor Murodullayev 3-o‘rinni band etdi.

Tashkilotchilar tomonidan birinchi o‘rin egasiga diplom va noutbuk, ikkinchi, uchinchi o‘rin egalariga esa diplom va zamonaviy telefon apparatlari topshirildi.

J.QILICHEV