Rasmiy 20.12.2018 40

KOSON, YAKKABOG‘, QAMASHI TUMANLARI VA SHAHRISABZ SHAHRIGA YANGI HOKIMLAR TAYINLANDI

Navbatdan tashqari sessiya

KOSON, YAKKABOG‘, QAMASHI TUMANLARI VA SHAHRISABZ

SHAHRIGA YANGI HOKIMLAR TAYINLANDI

Xalq deputatlari Koson, Yakkabog‘, Qamashi tumanlari va Shahrisabz shahar Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi.

Ularda tashkiliy masala ko‘rildi.

Unga ko‘ra, Asrol Boykarayev Baxtiyor Rajapov o‘rniga Koson tumani, Shomurod Donayev Jahongir Boboyev o‘rniga Yakkabog‘ tumani, SHerali Sanayev Faxriddin Dustmurodov o‘rniga Qamashi tumani hamda Tulkin Karimov Ismat Nusurov o‘rniga Shahrisabz shahri hokimi etib tasdiqlandi.

Shuningdek, Koson tumanini shu vaqtga qadar boshqarib kelgan Baxtiyor Rajapov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Unga qadar ushbu vazifani Shavqiddin Umedov bajarib kelayotgandi.

N.XO‘JAYEV