Jamiyat 29.03.2019 125

LOQAYDLIKNING CHEGARASI BORMI?

Fototanqid

Eshak va itlar kezib yurgani aks etgan mana shu birgina surat Qamashi tumanidagi juda ko‘p tashkilotlar ishiga baho berishga imkon beradi.

Buning uchun, avvalo, yuzlab bolalar o‘qishga kelib-ketadigan maskanda turli jonivorlarning bemalol "sayr"iga sharoit yaratgan 22-maktab ma’muriyatini;

chiqindini tashib ketmagani kamday, uni titadigan jonivorlarga e’tibor qaratmaydigan tuman obodonlashtirish idorasini;

kasallik paydo bo‘lmaguncha, jon koyitish xayoliga kelmaydigan davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazidagilarni;

aksar mahal ishi deyarli sezilmaydigan mahalla mutasaddilarini;

futbol maydonini "chaqirilmagan mehmon"larga "bo‘shatib" bergan bolalar sportiga mas’ullarni

HAR QANCHA KOYISANG ARZIYDI.

Chunki gap shunchaki narsa emas, odamlar, xususan, bolalar salomatligi haqida bormoqda. Falsafadagi "sababsiz oqibat bo‘lmaydi" degan qoidani ko‘pchilik biladi. Biz aytayotgan joyda bosh sabab LOQAYDLIK bo‘lsa kerak...

N.XO‘JAYEV

Sobir NARZIYEV olgan surat