Siyosat 14.03.2017 2261

MIRISHKOR TUMANI HOKIMI O‘ZGARDI

Tuman Kengashi sessiyasi

MIRISHKOR TUMANI HOKIMI O‘ZGARDI

11-mart kuni xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev so‘zga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli jabhalarida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va yechimini kutayotgan muammolar haqida atroflicha mulohaza yuritdi. Bu xususda mutasaddilarning fikrini eshitdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Komilov Ravshan Alimovich Mirishkor tumani hokimi etib tasdiqlandi. Tumanni bir necha yildan buyon boshqarib kelgan Omonov Xasan Farmonovich esa hokim vazifasidan ozod etildi.

N.XO‘JAYEV