So'nggi yangiliklar 11.01.2019 245

MUBORAKDA QORAKO‘L TERI QAYTA ISHLANADI

MUBORAKDA QORAKO‘L TERI QAYTA ISHLANADI

Muborak tumanida “Muborak qorako‘lchilik” MCHJ tomonidan qorako‘l teri va qo‘y terisini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan korxona faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 13 – 14 dekabr kunlari viloyatimizga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va 14 dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis Bayoni bilan tasdiqlangan.

Loyihani amalga oshirish uchun Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 3 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratiladi. Shuningdek, yana 7 milliard so‘m “Muborak qorako‘lchilik” MCHJning o‘z mablag‘lari hisobidan sarflanadi.

Mutasaddilarga korxona faoliyatini 2019 yilning 1 oktabrigacha yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatilgan.

Ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tamiz, 2018 yil 1 oktabr holatida viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan boqilayotgan qo‘y va echkilar soni 4 million 448 ming 800 boshni tashkil etgan, shu davr mobaynida qariyb 175 ming dona qorako‘l teri olingan. Ammo olingan teri xom ashyosini qayta ishlash bilan bog‘liq quvvatlar deyarli faoliyat ko‘rsatmayapti.

J.BOYMURODOV