So'nggi yangiliklar 30.08.2019 0

MUKOFOTLAR MUBORAK!

28-avgust kuni Prezidentning "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi. Unga asosan mukofotlanganlar orasida viloyatimizdan quyidagilar bor.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish, milliy g‘oyani rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, yorqin iste’dodi va serqirra ijodi, ilmiy-innovatsion faoliyati, samarali xizmatlari, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni bilan

Mirzayev Abdirashid - Chiroqchi tumanidagi "Abdirashid polvon Mirzayev" kurash klubi treneri

Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va barqarorligini ta’minlash ishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko‘p yillik samarali ishtiroki uchun

II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan

Turayev Baxtiyor - viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi mikroxirurgiya bo‘limi shifokori

"Do‘stlik" ordeni bilan

Raximov Kaxxor - Dehqonobod tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi, baxshi

Mamlakatimizda ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun

"Shuhrat" medali bilan

Babayeva Oyniso Ambiyayevna - viloyat musiqali drama teatri birinchi toifali vokal artisti

Ro‘zmatov Olimjon Alijonovich - Shahrisabz shahridagi "Oila va nikoh diagnostika markazi" xususiy klinikasi bosh shifokori

Fozilov Xurshid G‘ayratovich - Respublika ixtisoslashgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali direktori

Shuningdek, davlat rahbarining harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq, Nishon tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori Sattarov Muzaffar Shanozarovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

Mukofotlar muborak bo‘lsin!