Jamiyat 01.10.2019 4

MUKOFOTLAR MUBORAK!

2019-yil 27-sentabr kuni Prezidentning "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi. Unga asosan Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanganlar orasida viloyatimizdan quyidagilar bor:

Yurtimizda ta’lim sohasini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq qilish, chuqur bilim va kasb-hunarga ega,  mustaqil fikrlaydigan, iqtidorli, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari uchun

"Mehnat shuhrati" ordeni bilan

Irkayev Abduraxim Pandjiyevich - Qarshi davlat universitetining milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi dotsenti

II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan

Turdiyeva Shoxsanam Sayfullayevna - Qarshi shahridagi "Muruvvat" nogiron bolalar uchun internat uyi enagasi

"Do‘stlik" ordeni bilan

Abdullayev G‘ayrat Urolovich - Muborak sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

"Shuhrat" medali bilan

Jurayeva Xafiza Berdiyorovna - Nishon tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Mirzayev Muhiddin Juraqobilovich - Yakkabog‘ tumanidagi 94-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchisi

Raxmanov Uchqun Toshpo‘latovich - Qarshi shahridagi "ILM-U ZIYO SCHOOL" nodavlat ta’lim muassasasi direktori

Tuyg‘unov Mirza Jumayevich - Chiroqchi tumanidagi 112-umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi

Turayeva Guzal Ruziboyevna - Qarshi shahridagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi

Mukofotlar muborak, aziz o‘qituvchi va murabbiylar!