So'nggi yangiliklar 31.05.2019 62

“NASAF”DA FUTBOL FESTIVALI O‘TKAZILADI

1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bugun “Nasaf” futbol klubida futbol festivali tashkil etiladi. Unda 2007-2008 yillarda tug‘ilgan bolalar qatnashdi. 

Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Festival davomida bolalar guruhlarga bo‘linib, o‘zaro bahslashadi. O‘yinlarni taniqli murabbiylar, mutaxassislar kuzatib borishadi.

Musobaqada o‘zini kursatgan iqtidor egalari kelgusida futbol sir-asrorlarini yanada yaxshiroq o‘rganishlari uchun “Nasaf” futbol maktabiga taklif qilinishi rejalashtirilgan.

J.BOYMURODOV