So'nggi yangiliklar 09.04.2019 70

O‘QUVCHILAR O‘ZLARI UCHUN KUTUBXONA OCHDI

Qarshi tumanidagi Agrosanoat kasb-hunar kollejida muassasa bitiruvchilari tomonidan tayyorlangan 24 turdagi tikuv-trikotaj hamda metall buyumlarni sotishdan tushgan mablag‘ hisobidan  kutubxona tashkil etildi.

Hozircha undan 3 mingga yaqin badiiy-publitsistik asarlar joy oldi. Kitoblarning 700 ga yaqini elektron hamda audio shaklda. Ularni shu yerning o‘zida mutolaa qilish, tinglash uchun ham zarur sharoit yaratilgan.

Kelgusida kutubxona fondini 10 ming kitobga yetkazish rejalashtirilgan.

SOJIDA