So'nggi yangiliklar 25.12.2018 138

O‘RGANISH, ANGLASH, HAYOTGA JORIY ETISH VA UNGA SO‘ZSIZ AMAL QILISH – BURCHIMIZ

Baxtimiz qomusi

O‘RGANISH, ANGLASH, HAYOTGA JORIY ETISH VA UNGA SO‘ZSIZ AMAL QILISH – BURCHIMIZ

"Qayerda qonun hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda erkinlik bo‘ladi", deb qayd etgan edi sohibqiron Amir Temur. Darhaqiqat, bugungi erkin va farovon hayotimizning asosi  hech shubhasiz Konstitutsiyadir. Asosiy qonunimizning 26 yilligi munosabati bilan partiyamiz viloyat kengashi tomonidan korxona va tashkilotlar hamda ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan muloqotlarda bu xususda batafsil so‘z yuritilayapti.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida qayd etilganidek, "Bosh qonunimizni chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy etish va unga so‘zsiz amal qilish - barchamizning sharafli burchimizdir". Shu bois Qarshi muhandislik-iqtisodiyot  instituti, Qarshi tibbiyot, axborot texnologiyalari kollejlari, shahardagi Kunchiqar, Mahallot mahalla fuqarolar yig‘inlari va boshqa bir qator idoralar, korxona va tashkilotlarda o‘tkazgan muloqotlarda partiyamiz faollari, olimlar va huquqshunoslar Asosiy qonunimizning barcha sohalardagi benazir ahamiyatini jonli misollar orqali tushuntirib berishdi.

Ro‘yiddin RAUPOV,

O‘zbekiston "Adolat" SDP viloyat kengashi raisi