So'nggi yangiliklar 03.07.2019 130

O‘T O‘CHIRUVCHILAR VOLEYBOL MAYDONIDA BELLASHDI

Musobaqa

Qarshi shahridagi “Dinamo” o‘yingohida viloyat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.   

Soha xodimlari o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning jismoniy tayyorgarligini oshirib borish maqsadida tashkil etilgan musobaqada viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bo‘limlari, bo‘linmalari sharafini himoya etuvchi 10 ta jamoa ishtirok etdi. Ularga O‘zbekiston Respublikasi voleybol federatsiyasining tajribali mutaxassislari hakamlik qilishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Sho‘rtanneftgaz” MCHJ YOXB jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Koson tumani o‘t o‘chiruvchilari shohso‘paning ikkinchi pog‘onasidan joy egalladi. 1-o‘rin esa viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi jamoasiga nasib etdi.

Shuningdek, musobaqada faol o‘yin ko‘rsatgan yana bir qancha xodimlar turli nominatsiyalar bo‘yicha e’tirof etildi.

G‘olib va sovrindorlar diplom, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sherzod KELDIYEV,

viloyati YOXB KB boshlig‘i, mayor

Suratlarda: musobaqadan lavhalar