OROMGOHDA SHAXMAT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Yoshlar oyligi

Shahrisabz shahrida joylashgan "Beruniy" oromgohida Yoshlar oyligi doirasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Shahrisabz shahar kengashi, shahar hokimligi, "Chess master" xususiy shaxmat maktabi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur musobaqada sog‘lom bolalar qatori imkoniyati cheklangan yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari ham ishtirok etib, intellektual salohiyatini namoyon etishdi.

- Shaxmat o‘ynash jonu dilim, - deydi Shahrisabz shahar Kulollik mahallasida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi, 2002-yilda tug‘ilgan O‘tkir Muhammadiyev. - Ushbu musobaqada tengdoshlarim bilan shaxmat o‘ynab, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdim. Ta’tilni maroqli boshlaganimdan xursandman.

Darvoqe, ayni kunlarda ushbu oromgohda 700 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz yoz mavsumini mazmunli va maroqli o‘tkazishmoqda. 

SOJIDA