Jamiyat 12.07.2019 20

OSHKOR BO‘LGAN YASHIRIN FAOLIYAT

Viloyat bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari tomonidan yana bir qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yildi.

Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro J.SH. yashash xonadonida sifatsiz yog‘ ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yashirin sex tashkil qilgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, zig‘ir va chigit mahsulotlaridan juvoz uskunasi yordamida noqonuniy ravishda qo‘lbola usulda tayyorlangan, davlat standarti talablariga javob bermaydigan sifatsiz iste’mol yog‘i ishlab chiqarilgan.

Hozirda tekshiruv va surishtiruv ishlari davom etmoqda.

N.XO‘JAYEV