So'nggi yangiliklar 30.04.2019 0

PASXA BAYRAMI NISHONLANDI

Vijdon erkinligi

O‘tgan yakshanba kuni butun dunyo pravoslav xristianlarining Pasxa bayrami Qarshi shahridagi rus pravoslav cherkovida ham keng nishonlandi.

Tadbirda so‘z olganlar yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, davlatimiz tomonidan vijdon erkinligi amalda mustahkam kafolatlangani, mamlakatimizda barcha millat vakillari tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar tinch va totuvlikda yashab kelayotganini alohida ta’kidlashdi. Pasxa qadimiy bayram hisoblanishi, u haqda xristianlarda turli qarashlar, mazmun-mohiyati haqida ko‘plab yondashuvlar mavjudligi aytildi. 

Pravoslav xristianlari bayram amallarini ado etib, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik va totuvlik hamisha barqaror bo‘lishi, ozod va obod yurtimiz yanada gullab-yashnashini niyat qildilar.

Shohista BOZOROVA