So'nggi yangiliklar 28.06.2019 103

QALAYDAN YASALGAN SABOTLI ASKARCHA KITOBDAN SAHNAGA KO‘CHDI

Spektakl

Viloyat qo‘g‘irchoq teatrida Hans Kristian Andersen qalamiga mansub "Qalaydan yasalgan sabotli askarcha" ertagi asosida "Mardona do‘stlik" deb nomlangan yangi spektakl sahnalashtirildi.

Ma’lumki, daniyalik mashhur ijodkor, ertaknavis Hans Kristian Andersenning  ushbu ertagi butun dunyo bolalari mehrini qozongan. Unda qalaydan yasalgan askarning matonati haqida so‘z boradi. Askarcha o‘z do‘stini ko‘rish umidida hayotning ko‘plab shafqatsiz sinovlarini sabot bilan yengib o‘tadi va do‘stining oldiga qaytadi.

Do‘stning sadoqatini ko‘rsatuvchi mazkur asar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Asar rejissor Sanaxon  Hamrayeva tomonidan monospektakl, ya’ni bir aktyor rol ijro etadigan tomosha tarzida sahnalashtirilgan. Unda yagona rolni teatr aktyori Aziz G‘ulomov ijro etgan.

Tez orada mazkur spektakl premyerasi kutilmoqda.

J.QILICHEV