So'nggi yangiliklar 09.08.2019 46

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 57 ta OTM orasida 49-o‘rinni "egalladi"

Reyting

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 57 ta OTM orasida 49-o‘rinni "egalladi"

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Respublika oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini e’lon qildi.

Ahamiyatlisi, ushbu reytingda jami 57 ta OTM qatnashgan bo‘lib, ular faoliyati uch asosiy mezon - professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyati; o‘quv-uslubiy ishlar va o‘qitish sifati; talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati bo‘yicha jami 100 ballik tizimda baholangan.

Mazkur ro‘yxatda birinchi o‘rin O‘zbekiston Milliy universitetiga nasib etgan. Bu muassasa umumiy hisobda 69,02 ball to‘plagan.

Ushbu reytingga viloyatimizdagi ikki oliy o‘quv yurti - Qarshi davlat universiteti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti kiritilgan.

Bu borada eng yaxshi natijani Qarshi davlat universiteti qayd etgan. Mazkur OTM milliy reytingda avvalgidan ko‘ra 23 pog‘ona yuqorilab, 28-o‘rinni egalladi. To‘plangan ball 42,14 ni tashkil etdi. Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyati yo‘nalishida 40 dan 9,33 ball, o‘quv-uslubiy ishlar va o‘qitish sifati borasida 30 dan 8,89 ball, talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati bo‘yicha 30 dan 23,92 ball olgan.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jami 36,22 ball bilan tegishli ro‘yxatda 49-o‘rindan joy oldi. 1- va 2-ko‘rsatkichlar bo‘yicha mazkur OTMdagi ishlar juda qoniqarsiz baholangan.

Shuningdek, QMII texnika va qishloq xo‘jaligi sohasida ham tegishli OTMlar orasida quyi pog‘onani "zabt etgan".

N.XO‘JAYEV