QARSHI SHAHRIDA YO‘LOVCHI TASHISH TRANSPORTIDA YO‘LOVCHILAR TASHISH TARIFLARINI BЕLGILASH TO‘G‘RISIDA

Viloyat hokimining

QARORI

QARSHI SHAHRIDA YO‘LOVCHI TASHISH TRANSPORTIDA YO‘LOVCHILAR TASHISH TARIFLARINI BЕLGILASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi 419-I-son (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-son, 124-modda), O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi “Avtomobil transporti to‘g‘risidagi”gi 674-I-son (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 9-son, 174-modda), qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-iyundagi “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-2871-sonli Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, 6-son, 118-modda) ijrosi yuzasidan shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar tashishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi tariflar darajasi iqtisodiy asoslangan tashish xarajatlaridan va yo‘lovchilar tashish xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan

QAROR QILAMAN:

1. Qarshi shahri hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yo‘lovchi tashish transportida yo‘lovchilar tashish xizmatlarining cheklangan tarifi bir yo‘lovchiga yo‘nalishli taksilar uchun 1500 (bir ming besh yuz) so‘m, avtobuslar uchun 1000 (ming) so‘m etib belgilansin.

2. Viloyat hokimligi axborot xizmati (B.Mamatqulov) ushbu qarorni viloyat hokimligining qashqadaryo.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini tashkil etsin.

3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

4. Viloyat hokimining 2016-yil 4-iyuldagi X-404/07-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari M.Eshboboyev va Qarshi shahar hokimi J.Fozilov zimmalariga yuklatilsin.

Viloyat hokimi       Z.RUZIYEV

Qarshi shahri, 2018-yil 21-may