Jamiyat 12.07.2019 102

ROMLAR ORASIDAN 415 GRAMM MARIXUANA TOPILDI

Insonlar boshiga mislsiz kulfatlarni keltirgani sabab giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarni har qanday holatda ham oqlab bo‘lmaydi. Bu borada qancha tushuntirish ishlari olib borilmasin, afsuski, oramizda bu jinoyatdan o‘zini tiyib tura olmaydiganlar ham bor.

Shundaylardan biri viloyat bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligiga qarshi kurashish bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlandi. Fuqaro Ch.O.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, hovlida 27 tup kannabis giyohvandlik o‘simligi parvarishlayotgani oydinlashdi.

Shuningdek, hovlidagi alyumin profilli romlar orasidan quritilgan holdagi og‘irligi 415 gramm marixuana giyohvandlik vositasi ham topildi.

Ayni paytda mazkur qilmishga qonuniy baho berish choralari ko‘rilmoqda.

N.XO‘JAYEV