So'nggi yangiliklar 28.06.2019 7

SAVDO YARMARKASI VA “KITOB OLAMI”

Yoshlar oyligi

Qamashi tuman pedagogika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasidan imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh ishbilarmonlar ishtirokida savdo yarmarkasi o‘tkazildi.

“Yoshlar oyligi” doirasida yarmarkada taklif etayotgan yosh tadbirkorlar o‘zlari ishlab chiqargan  mahsulotlar va xizmatlarni aholiga taqdim qilishdi.

Yarmarka doirasida tuman markazida tuman hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qamashi tuman kengashi hamda "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi tuman filiali tashabbusi bilan “Kitob olami” do‘konining ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Shu kunning o‘zida tuman tashkilotlari vakillari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi mas’ullari hamda yuzlab ishtirokchilar yangi do‘kondan ko‘plab kitoblar sotib olishdi.

Islombek AHMATOV,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi matbuot kotibi