So'nggi yangiliklar 31.05.2019 93

“SEVINCH” ILK DAVRANI MAG‘LUBIYATSIZ YAKUNLADI

Futbol

Ayollar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha XXV O‘zbekiston chempionatining birinchi bosqich birinchi davra uchrashuvlari yakuniga yetdi.

O‘z tarixida o‘n ikki karra O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan Qarshining “Sevinch” jamoasi bu yilgi chempionatning joriy mavsumdagi ilk davrasini ham ajoyib natija bilan yakunladi. Jamoa maydonga tushgan barcha o‘yinlarda g‘alabaga erishib, maksimal 21 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Sevinch” qizlari raqiblar darvozasiga 7 ta o‘yinda 39 ta gol o‘rib, o‘z darvozasidan atigi bir marta to‘p olib chiqqan. Jamoaning bu mavsumdagi eng yirik natijasi 9:0 bo‘lib turibdi. Bunday hisob “Qizilqum Guli” bilan o‘yinda qayd etilgan.

Ikkinchi davra uchrashuvlari 1 iyundan boshlanadi.

J.BOYMURODOV