So'nggi yangiliklar 28.06.2019 114

SEVINCH SHOMATOVA - INSHOLAR TANLOVI G‘OLIBI

Tanlov

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Men sevgan adabiy qahramon" insholar tanlovining respublika bosqichi yakunlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan mazkur tanlovning quyi bosqichlarida 38 ming nafardan ortiq 8-, 9- va 10-sinf o‘quvchisi ishtirok etdi.

Finalda esa hududiy bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 42 nafar o‘quvchi yana bir bor o‘z bilim va iqtidorini  namoyish etdi.

Tanlov yakunida har bir sinf o‘quvchilari o‘rtasida g‘oliblar aniqlandi. E’tiborli jihati, ular orasida Dehqonobod tumanidagi 89-maktab o‘quvchisi Sevinch Shomatova ham bor. Viloyatimiz vakilasi 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

J.BOYMURODOV