So'nggi yangiliklar 09.04.2019 14

SOHIBQIRON HAYKALI POYIGA GULLAR QO‘YILDI

 9-aprel – Amir Temur tavallud topgan kun

  Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi ul zot tug‘ilgan manzil – Shahrisabzda ham keng nishonlandi. Erta tongdan shahar markazidagi Amir Temur xiyoboni davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, olim va tadqiqotchilar, keksa-nuroniylar va yoshlar bilan gavjum bo‘ldi.

 

 Ular Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishib, ulug‘ sarkardaga o‘zlarining cheksiz hurmat-ehtiromlarini izhor etdilar.

 Buyuk sarkarda tavalludi kuni munosabati bilan  joylarda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

 Suratlarda: tadbirdan lavhalar.

 Sobir NARZIYEV olgan suratlar.