Jamiyat 01.10.2019 3

TA’ZIM SIZGA, USTOZLAR!

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qashqadaryoda "Ustoz - qadri buyuk muallim" mavzusida tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Sharafli va mas’uliyatli kasb egalari jam bo‘lgan "Vatanparvarlar bog‘i"da viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘qituvchi va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Davlat rahbarining sana munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra xizmatlari e’tirof etilgan o‘qituvchi va murabbiylarga davlat mukofotlari topshirildi, faol va tashabbuskor boshqa ustozlar munosib rag‘batlantirildi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilarining Qashqadaryo sohilidagi xiyobon, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatga sayohatlari tashkil etildi.

Bayram madaniyat va istirohat bog‘ida bir piyola choy ustida, konsert dasturi bilan davom etdi.

N.XO‘JAYEV

Sobir NARZIYEV olgan surat.