Jarayon 09.05.2019 29

TARIXSIZ KELAJAK YO‘Q

Sayohat

Qarshi tumani xalq ta’limi tizimida xizmat qiluvchi 200  nafarga yaqin yosh o‘qituvchi, shuningdek, faol o‘quvchilar uchun viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish bo‘yicha ilgari surilgan beshta muhim tashabbus asosida tashkil etilgan ushbu sayohat davomida ishtirokchilar madaniy merosimiz, ajdodlarimiz tarixi bilan tanishishdi.

Sayohat davomida muzey ekskursovodlari ishtirokchilarga muzey tarixi, undagi eksponatlar, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan noyob topilmalar haqida gapirib berdi.

Muzeydan joy olgan har bir eksponatni katta qiziqish bilan tomosha qilganlar tariximiz haqida yanada ko‘proq bilimga ega bo‘ldi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi. Ayniqsa, ajdodlarimizning qadimgi kiyinish madaniyati, hunarmandchilik mahsulotlari barchada katta qiziqish uyg‘otdi. 

Aytish joiz, bunday sayohatlar davomida yosh avlodning har bir vakili qalbida Vatanga muhabbat, o‘z tarixi hamda ota-bobolardan qolgan yodgorliklardan g‘ururlanish tuyg‘usi shakllanishi shubhasiz.

SOJIDA

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.