So'nggi yangiliklar 20.08.2019 2

TEMUR TUZUKLARI BILIMDONLARI

Tanlov

Shahrisabz shahrida "Temur tuzuklari bilimdoni" tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda 26 nafar yosh harbiy xizmatchi Sohibqiron harbiy mahorati hamda o‘gitlari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etishdi.

Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Mudofaa, Ichki  ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Davlat bojxona qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad, kuch tuzilmalaridagi yosh harbiy xizmatchilarning ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy merosimizning tarixiy ildizlarini o‘rganish hamda tahlil etish, buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targ‘ib etishdan iborat.

Mudofaa vazirligi rasmiy saytida xabar berilishicha, Nishon tumani Nuriston shaharchasida joylashgan harbiy qismlardan birining shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchisi,  oddiy askar Javohirbek Turapov 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Nuriston shaharchasidagi yana bir harbiy qismdan leytenant Saydullo Yusupov 2-o‘rinni, viloyat bojxona boshqarmasi leytenanti Ma’mur Jumayev 3-o‘rinni egalladi.

G‘oliblar diplom va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

NASRIDDIN