So'nggi yangiliklar 23.05.2019 54

“TEMURBEKLAR” G‘OLIBLIGI KIMGA NASIB ETDI?

Musobaqa

Qarshi shahridagi 3-harbiy shaharcha hududida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Temurbeklar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. 

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusdan kelib chiqib tashkil etilgan ushbu musobaqada 11 ta jamoa ishtirok etdi.

Tanlov nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar “Mohir mergan", "To‘siqlardan oshib yugurish", "Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish”, "Minalashtirilgan hududda harakatlanish", "Safda qo‘shiq aytish", "Mahfiy parollar bilan ishlash", "Harbiy unvonlar turi va harbiy lavozimlar", "O‘zbekiston ramzlari", "Raqib jamoa baypog‘ini egallash" kabi shartlar bo‘yicha kuch sinashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Yakkabog‘ tumanidagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga nasib etdi. 2-o‘ringa nishonlik yoshlar, 3-o‘ringa Mirishkor tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Kasbi tumanidagi 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari sazovor bo‘lishdi.

Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

S.ALLAYOROVA