So'nggi yangiliklar 28.05.2019 26

TERMA JAMOAGA “NASAF”DAN HECH KIM CHAQIRILMADI

Futbol

Ma’lumki, futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz 28-may – 12-iyun kunlari navbatdagi yig‘inini o‘tkazadi.

Mazkur yig‘in doirasida uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, jamoamiz 2-iyun kuni safarda Turkiya bilan o‘ynasa, 7-va 11-iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Ektor Kuper mazkur o‘yinlar uchun milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Urugvaylik mutaxassis tomonidan tanlangan tarkibga legionerlardan tashqari “Paxtakor” jamoasidan to‘qqizta, “Lokomativ”dan yettita, shuningdek, “Dinamo”, “Navbahor”, “Qo‘qon-1912” hamda “Buxoro” jamoalaridan bittadan futbolchi jalb etilgan.

Kuper terma jamoa yig‘iniga “Nasaf”dan futbolchi chaqirmagan. Bundan avval joriy yilning 21-25-mart kunlari Xitoyda o‘tkazilgan “China Cup - 2019” xalqaro turnirida ham MTJga “Nasaf”dan o‘yinchi jalb etilmagandi. Buni so‘nggi yillarda “ajdarlar” tarkibidagi tajribali futbolchilarning boshqa jamoalarga o‘tib ketgani bilan izohlash mumkin.

J.BOYMURODOV