Jarayon 21.05.2019 40

TIZIMDA 30 YILDAN BUYON FAOLIYAT KO‘RSATAYOTGAN RAISGA YANA ISHONCH BILDIRILDI

Muhim jarayon

Qarshi shahridagi Chaqar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)  saylovi  4-maktab binosida  bo‘lib  o‘tdi. Unda bevosita ishtirok etgan 225 nafar  vakil  raislikka da’vogar to‘rt nomzod ichidan eng munosibiga ovoz berishdi.

Shunga ko‘ra,  Norgul Mustafoqulova  mahalla raisi  etib saylandi.

- 30 yildan buyon mahalla tizimida faoliyat olib boraman, - deydi Norgul Mustafoqulova. - Mahalladoshlarim menga yana ishonch bildirishdi, qo‘llab-quvvatlashdi. Ularning ishonchi menga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Saylov jarayonida hududni yanada obodonlashtirish, yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalarda muammolar borligini aytishdi. Keyingi faoliyatimda ushbu  yo‘nalishlarda ham mahallamizni  ibratli  maskanga  aylantirish uchun astoydil harakat qilaman.

Ma’lumot uchun, viloyatimizdagi mavjud o‘zini o‘zi boshqarish organlarida  fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqoli) saylovi  bugun yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Shohista BOZOROVA

Muallif olgan suratda: tadbirdan lavha.